G‘oyangizni professional AI promptga aylantiring. Oddiy o‘zbek tilida vazifangizni yozing — generator ChatGPT, Claude va Gemini uchun qat’iy kontekstli, rolga asoslangan master prompt tayyorlab beradi.
Kompaniyangiz uchun maxsus AI workflow va agentlar tizimini qurmoqchimisiz?
GPTify O‘zbekistondagi B2B korxonalariga CRM integratsiyalari, savdo agentlari va avtomatlashtirilgan tahlil tizimlarini joriy etishda amaliy konsalting xizmatini taqdim etadi.
Mijozning e’tiborini birinchi 3 qatordayoq tortuvchi va javob berish ehtimolini oshiruvchi xat shabloni.
"Sen B2B savdo bo‘yicha tajribali mutaxassissan. Bizning xizmat: [xizmat nomi]. Maqsadli mijoz: [kompaniya yoki rahbar lavozimi].
Vazifa: Mijozga 120 so‘zdan oshmagan samimiy va professional sovuq xat yoz.
Talablar:
1. Birinchi jumlada shablon salomlardan qoch, ularning sohasidagi og‘riqli nuqtani tilga ol.
2. 2 ta gapda bizning yechim ularga qanday vaqt yoki pul tejashini ko‘rsat.
3. Call-to-Action (CTA): Qattiq sotuv qilma, shunchaki 'Bu mavzuda 10 daqiqa fikr almashsak qanday qaraysiz?' qabilida taklif ber."
Savdo · E'tiroz
Mijozning "Qimmat" e'tirozini yengish
Mijoz mahsulot narxiga shubha bildirganida narxni tushirmasdan qiymatni ko‘rsatuvchi 3 xil javob.
"Sen B2B savdo bo‘yicha professional trener va muzokarachi mutaxassissan.
Vaziyat: Potentsial mijoz bizning tijorat taklifimizni ko‘rib, 'Xizmatingiz juda qimmat ekan, arzonroq variantini qidiramiz' deb javob berdi.
Bizning mahsulot: [Mahsulot yoki xizmat nomi va asosiy afzalliklari].
Vazifa: Savdo menejeri mijozga yo‘llashi uchun 3 ta turli xil psixologik yondashuvdagi javob variantini yoz:
Variant 1: Qiymat va ROI (qaytim) hisob-kitobiga asoslangan javob.
Variant 2: Sifat kafolati va arzon xizmatning yashirin xatarlarini tushuntiruvchi muloyim javob.
Variant 3: Kompromiss taklif (hajmni moslashtirish orqali byudjetga sig‘ish)."
Huquq · Audit
Didox / Shartnomadagi xatarlarni tekshirish
O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksi doirasida bir tomonlama jarimalar va xavfli punktlarni aniqlash.
"Sen O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik qonunchiligi bo‘yicha ixtisoslashgan tajribali korporativ yuristsan.
Quyida Didox orqali kelgan shartnoma matni keltirilgan:
---
[Shartnoma matnini shu yerga qo‘ying]
---
Vazifa: Shartnomani biz (Ijrochi / Xaridor) tomoni manfaatlaridan kelib chiqib chuqur tahlil qil.
Natijani quyidagi tartibda chiqar:
1. Qizil zonalar (Kompaniyamiz uchun xavfli bo‘lgan 3 ta asosiy punkt).
2. Bir tomonlama jarimalar va nomutanosib javobgarlik shartlari.
3. For-major va shartnomani bekor qilish tartibidagi yashirin tuzoqlar.
4. Qarshi taklif: Mazkur xavfli bandlarni qanday tahrir qilish bo‘yicha tayyor yuridik jumlalar."
Moliya · Tahlil
Excel & Moliyaviy jadvallarni tahlil qilish
Katta jadvallardan eng ko‘p marja keltirgan tovarlar va samarasiz xarajatlarni aniqlash.
"Sen yetakchi moliyaviy tahlilchi va data-analitiksiz.
Quyida kompaniyamizning o‘tgan oylik savdo jadvallari ma’lumotlari keltirilgan:
---
[Jadval ma’lumotlari yoki CSV formatidagi nusxa]
---
Vazifa:
1. Eng yuqori marja bergan top-5 mahsulotni aniqla.
2. Xarajatlarning qaysi moddasi kutilganidan 15% dan ortiq oshib ketganini ko‘rsat.
3. Keyingi oy uchun moliyaviy oqimni (Cash Flow) optimallashtirish bo‘yicha 3 ta amaliy boshqaruv qarorini ber."
Kontent & SMM
Telegram kanal uchun 7 kunlik kontent-reja
B2B auditoriya uchun foydali keyslar, tahliliy postlar va konversiyali takliflar ketma-ketligi.
"Sen O‘zbekiston bozorida B2B Telegram kanallarini yurgizuvchi professional kontent-marketologsan.
Bizning soha: [Sohangiz, masalan: Distribyutsiya, IT, Logistika].
Maqsadli auditoriya: O‘zbekistondagi tadbirkorlar va boshqaruvchilar.
Vazifa: 7 kunlik (dushanba-yakshanba) professional kontent-reja tuz.
Har bir post uchun quyidagilarni ko‘rsat:
1. Post formati (Keys, tahlil, amaliy qo‘llanma, savol-javob, interaktiv).
2. Kuchli 'Hook' (diqqatni tortuvchi birinchi 2 ta gap).
3. Postning asosiy qiymati (foydalanuvchi nimani bilib oladi?).
4. Call to action (Muxlislarni muhokamaga yoki xizmatga chorlash)."
HR · Intervyu
STAR metodologiyasi suhbat savollari
Nomzodning haqiqiy kompetensiyasini ochib beruvchi chuqur situatsion savollar to‘plami.
"Sen tajribali HR direktorsan.
Biz [Lavozim nomi, masalan: Katta Sotuv Menejeri / Dasturchi] vakansiyasi uchun nomzodlarni saralamoqdamiz.
Biz uchun eng muhim fazilatlar: [1. Muammolarni mustaqil yechish, 2. Stressga chidamlilik, 3. Muzokara qobiliyati].
Vazifa: STAR (Situation, Task, Action, Result) metodologiyasi asosida 5 ta chuqur intervyu savolini tuz.
Har bir savol uchun:
- Savol matni;
- Nomzod javobida nimaga e’tibor berish kerak (Yashil belgilar — Green flags);
- Qanday javoblar xavotirli belgi hisoblanadi (Qizil bayroqlar — Red flags)."